Yaponiyaning janubi-g‘arbidagi Fukuoka prefekturasi Kitakyusyu shahridagi turar-joy binosida yuz bergan yong‘in oqibatida 6 kishi hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Fukuoka politsiyasining ma’lum qilishicha, yong‘in yog‘ochdan yasalgan ko‘p xonali kvartirada sodir bo‘ldi. Qayd etilishicha, is gazidan zaharlangan kamida 5 kishi shifoxonaga yotqizildi.
Ayni vaqtda yong‘in bartaraf etilgan. Hodisaning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda.
Izoh (0)