Fransiya ozg‘in modellardan voz kechdi. Endi modellik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan qizlar tana vazn indeksi me’yorda ekanligi haqida tibbiy ma’lumotnoma taqdim etishi kerak. “RIA Novosti” noodatiy uslubdagi modellar fotojamlanmasini taqdim etdi.
Jillian Merkado
Jillian mushaklar atrofiyasidan aziyat chekadi. Qiz nogironlik aravasiga mixlangan. U Diesel kastingi uchun ortiqcha umid qilmasdan ariza jo‘natganidan keyin modelga aylandi. Brend jamiyatning turli madaniy qatlamlarini aks ettirish uchun yosh nostandart modellar izlagan. Natijada Merkado brend kolleksiyasining yuzi sifatida tanlangan.MOffY
MOffY’ning g‘ilaylik kasalligi uning modellik biznesida muvaffaqiyatga erishishiga yordam bergan. Qiz POP Magazine jurnali uchun suratga tushgan va noma’lum agentlik bilan shartnoma imzolagan.Stiven Tompson
Stiven Tompson hech qachon modellik karyerasi haqida orzu qilmagan, biroq taqdir yigitni uning suratlarini jurnalga jo‘natgan fotografga to‘g‘riladi. 2011-yilda Tompson Givenchy modalar uyining yuziga aylandi.Vinni Xarlou
Vinni Xarlou kamyob vitiligo kasalligi bilan tug‘ilgan. Uning tanasi yirik oq dog‘lar bilan qoplangan. Bugungi kunda qiz Nike, Desigual, Ashish kabi firmalar bilan hamkorlik qiluvchi modelga aylangan.Dafna Self
Dafna Self 1950-yildan buyon model bo‘lib ishlaydi. 89 yoshli ayol Buyuk Britaniyaning Dolce & Gabbana, Tata-Naka va Michiko Koshino kabi brendlar namoyishida ishtirok etgan eng yoshi katta modeli hisoblanadi.Jek Ayers
Jek Ayers Nyu-York moda haftaligida ishtirok etgan tarixdagi birinchi protez oyoqli model hisoblanadi.Madlen Styuart
Daun sindromiga yo‘liqqan yosh model butun umri davomida ortiqcha vazn bilan kurashadi. Madlen Manifesta va everMaya brendlarining yuziga aylangan va o‘z mashhurligidan Daun sindromi bilan tug‘ilgan kishilarga nisbatan jamiyatning munosabatini o‘zgartirish uchun foydalanmoqda.
Izoh (0)