Afsonaviy futbolchilardan biri, o‘z vaqtida Argentina terma jamoasi va BAAning “Al-Vasl” klublarini boshqargan Diyego Armando Maradona yana bir bor Amirlik klubida ish boshladi, deb yozdi “Chempionat”.
BAA chempioni ishtirokchisi hisoblangan “Al-Fujayra” klubi Maradona bilan bir yillik kelishuvga erishdi. Bu muddat katta muvaffaqiyat uchun yetarli bo‘ladimi yoki yo‘q — fikr bildirilmagan.
Maradona bunga qadar yana bir marta Argentina terma jamoasiga qaytish istagi borligini yoki bo‘lmasa Neapolning “Napoli” klubini boshqarishga tayyor ekanini aytgan bo‘lsa-da, bu jamoalardan unga taklif bo‘lavermadi.
Sobiq futbolchi Argentina termasini 2008—2010-yillar davomida boshqargan bo‘lsa, 2011/12-yilgi mavsumni “Al-Vasl” bilan o‘tkazgandi.
“Al-Fujayra” bilan shartnoma o‘z ichiga nimalarni olishi, bunda Maradonaga qaynday sharoitlar qilib berilgani borasida aniq faktlar mavjud emas.
Izoh (0)