Xitoyning Xebey provinsiyasida quruvchilar tomonidan 1,5 ming yildan ziyod tarixga ega qadimiy maqbara topildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Xandan shahar okrugida olib borilayotgan qurilish ishlari vaqtida topilgan maqbara yetti metr chuqurlikda joylashgan.
Maqbaradan topilgan 23 artefakt orasida misdan yasalgan buyumlar va kulolchilik mahsulotlari mavjud.
Maqbara Vey va Szin (milodiy 220—420-yillar) davriga tegishli ekani ma’lum qilindi.
Izoh (0)