Terrorchilar Damashq–as-Suvayda shossesida ketayotgan avtobusni portlatib yubordi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Suriya” telekanalining bildirishicha, bomba masofali boshqaruv uskunasi yordamida harakatga keltirilgan. Yo‘lovchilar orasida yaralanganlar ko‘p, ularning aniq soni ma’lum emas.
As-Suvayda Damashqdan 70 kilometr janubda joylashgan. Ushbu shahar, qo‘shni Dara’ va al-Qunaytradan farqli ravishda, jang maydoniga aylanmagan.
Izoh (0)