Toshkentda o‘tayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatining finalida jang qilgan yettinchi o‘zbekistonlik sportchi yettinchi oltin medal egasiga aylandi.
64 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi musobaqaning finaliga qadar yetib kelgan Iqbol Xoldorov mo‘g‘ulistonlik raqibi bilan tengma-teng jang qildi. Uning yakunida hakamlar o‘zbekistonlik sportchi ochkolar hisobi bo‘yicha g‘olib chiqqanini e’tirof etdi.
Ma’lumot uchun, shanba kuni to‘rt nafar o‘zbekistonlikka qit’a chempionligi nasib qilgan bo‘lsa, yakshanba kuni jang qilgan uch sportchining barchasi oltin medalni qo‘lga kiritdi. Oldinda Shahram G‘iyosov va Bahodir Jalolov ishtirokidagi final janglari bor.
Osiyo chempionatini tomosha qilish uchun vatani O‘zbekistonga tashrif buyurgan Ruslan Chagayev final janglarini “O‘zbekiston” sport majmuasining o‘zidan tomosha qilmoqda.
Izoh (0)