Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Pakistan International Airlines aviakompaniyasi uchuvchisi Islomobod—London reysi amalga oshirilayotgan vaqtda o‘z joyida ikkinchi uchuvchini qoldirib, uxlash uchun yo‘lovchilar saloniga o‘tdi. Qoldirilgan ikkinchi uchuvchi boshqaruvni o‘rganayotgan o‘quvchi bo‘lgan, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Foto: Flickr

Foto: Flickr

Ma’lum qilinishicha, mazkur hodisa 26-aprel kuni samolyot bortida 305 nafar yo‘lovchi bo‘lgan vaqtda sodir bo‘lgan. Shu kuni havo kemasiga uchuvchi Amir Axtar Hoshimiy javobgar bo‘lgan. Ikkinchi uchuvchi Ali Hasan Yazdoniy bo‘lgani, boshqaruvni o‘rganayotgan stajyor esa Muhammad Asad Ali ekani qayd etildi.

Axborotga ko‘ra, Hoshimiy boshqaruvni Aliga topshirib, mizg‘ib olish uchun yo‘lovchilar saloniga o‘tgan. Ikkinchi uchuvchi Yazdoniy kuzatuvchi joyini egallagan.

Ushbu voqea o‘z hisobotida odamlarning shikoyatlarini aytib o‘tgan styuardessa tufayli oshkor bo‘ldi. Styuardessaning so‘zlariga ko‘ra, yo‘lovchilardan biri “kema kapitani biznes-klassda uxlayotgan vaqtida o‘zini xavfsizlikda his qilmayotgani”ni aytgan.

Aviakompaniya vakili Hoshimiy voqea bo‘yicha tergov ishlari yakunlanguniga qadar parvozlardan chetlashtirilganini ma’lum qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kiyevdagi bombapanohlarning 44 foizi yopiq yoki yaroqsiz ekani ma’lum qilindi
Mahalliy
Farg‘onadagi tergov hibsxonasida mahbusga tan jarohati yetkazilgani haqidagi xabarlar rad etildi
Mahalliy
Toshkentda pul evaziga haj vizasi va kvota olib bermoqchi bo‘lganlar ushlandi