Asli o‘zbekistonlik biznesmen va metsenat Alisher Usmonov The Sunday Times nashri tomonidan tuzilgan Buyuk Britaniyaning eng boy soliq to‘lovchilari ro‘yxatida beshinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Britaniyaning soliq rezidentlari orasida birinchi o‘rinni aka-uka Shri va Gopi Induyya egalladi — ularning boyligi 16,2 milliard funt sterlingni (21 milliard dollarni) tashkil etdi.
Ular asli hindistonlikdir. Aka-ukalar ko‘chmas mulk, bank va restoran biznesi, shuningdek, savdo-sotiq bilan shug‘ullanadi.
Ikkinchi o‘rin amerikalik biznesmen Leonard Blavatnikka (20,7 milliard dollar), uchinchi o‘rin esa aka-uka Devid va Saymon Rubenlarga (18,1 milliard dollar) tegdi.
Mazkur reytingda Alisher Usmonovning davlati 15,3 milliard dollarga baholandi.
Izoh (0)