Toshkent mezbonligida o‘tayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatining 9 vazn toifasida o‘zbekistonlik sportchilar finalda jang qiladi.
Kecha — 5-may kuni yarim final bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Shuning 3 tasida o‘zbekistonliklar raqibini nokautga uchratdi: Murod Ahmadaliyev, Bektemir Meliqo‘ziyev va Bahodir Jalolov.
Murod Ahmadaliyev Osiyo chempionatining har uch jangida ham raqiblarini nokautga uchratishga muvaffaq bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, yarim finalga qadar yetib kelgan mazkur 9 nafar o‘zbekistonlik bokschining barchasi Germaniyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga yo‘llanmani naqd qilgan. Endi ular qit’a chempionligi uchun kechadigan hal qiluvchi jangda ringga chiqadi.
Izoh (0)