Tanzaniyada boshlang‘ich maktab o‘quvchilarini olib ketayotgan avtobus daraxtlarga borib urildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Karatu tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi. Yana to‘rt nafar fuqaro jarohat oldi.
Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning uch nafar o‘qituvchilar va haydovchi, qolganlari esa bolalardir.
Izoh (0)