Microsoft kompaniyasi may oyi oxirigacha yangi gadjetlar taqdimotini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Microsoft kompaniyasining Surface qurilmalari ishlab chiqarilishi uchun mas’ul bo‘lgan qurilmalar bo‘yicha vitse-prezidenti Panos Panayning ma’lum qilishicha, 23-may kuni kompaniya Shanxayda tadbir o‘tkazadi.
Panos Panay tadbir tafsilotlarini ma’lum qilmadi, biroq ijtimoiy tarmoqda qoldirgan xabariga #Surface heshtegini ilova qilib qoldirdi.
https://twitter.com/panos_panay/status/860311231093133313
Bu Surface Pro plansheti yoki butunlay boshqa, yangi qurilma taqdimoti bilan bog‘liq e’lon bo‘lishi mumkin, deb yozadi TechCrunch nashri.
Microsoft kompaniyasi 2-may kuni yangi Microsoft Surface Laptop noutbuki va Windows 10S operatsion tizimi taqdimotini o‘tkazgan edi.
Izoh (0)