4-may kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:30 da Toshkentda o‘limga olib kelgan YTH ro‘y berdi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Olmazor ko‘chasida (“Ezidyor” restorani qarshisida) 3-bosqich talabasi ishdan uyga qaytayotgan 1987-yili tug‘ilgan qizni urib ketdi.
Qiz olingan jarohatlar oqibatida voqea joyida olamdan o‘tdi. Ayni paytda mazkur ish yuzasidan tergov boshlab yuborildi.
Izoh (0)