Xabarovsk—Naxodka avtoyo‘lining (Rossiya) to‘qqizinchi kilometrida Honda avtomobili qarama-qarshi yo‘lda boshqa bir mashinaga urilishi oqibatida 4 kishi jabrlandi. Bu haqda “1news.uz” xabar bermoqda.
“Yo‘l-transport hodisasi tungi payt “Topolevo” va “Mirnoye” qishloqlari oralig‘ida ro‘y berdi. Honda qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, universalga borib urildi. To‘qnashuv oqibatida ikki haydovchi va ikki yo‘lovchi jabrlandi. Avariya sababchisi bo‘lgan avtomobil haydovchisining yonida o‘tirgan voyaga yetmagan qiz jiddiy jarohatlar oldi”, — deya ta’kidladi Xabarovsk tumani yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi xodimi Aleksey Yust.
Honda avtomobilini o‘zga kishining hujjati bilan O‘zbekiston fuqarosi boshqargani aniqlandi. Ikki haydovchi ham mast bo‘lmagani aytilmoqda.
Izoh (0)