Fransiya prezidentligiga nomzodlardan biri Emmanyuel Makronning “Olg‘a!” harakati “Milliy jabha” partiyasi yetakchisi, Makronning prezident saylovidagi raqibi Marin Le Pen ustidan sudga shikoyat qildi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Agentlik ma’lumotlariga qaraganda, teledebatlardan bir muddat ilgari internetda Makronni qoralash kampaniyasi boshlab yuborilgan bo‘lib, u ofshor hisoblariga egalikda ayblangan. “Olg‘a!” harakati mazkur mishmishlarni tarqatish ortida aynan Le Pen xonim turibdi degan fikrda uning ustidan sudga shikoyat arizasi kiritdi.
Makron ofshorda hisobi borligini inkor qilib kelmoqda.
Izoh (0)