Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus hamda Xo‘jayli tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi, deb xabar berdi “KRuz.uz”.
Nukus tumaniga Ajiniyaz Seytaxov hokim etib tayinlangan.
Ajiniyaz Seytaxov bundan oldin Qoraqalpog‘iston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz shu paytgacha, Nukus tumani hokimi lavozimida Yergali Seytnazarov ishlab kelayotgan edi.
Shu yilning yanvar oyida Jengisbay Embergenov Xo‘jayli tumaniga hokim etib tayinlangandi. Ma’lum qilinishicha u lavozimidaan ozod etilgan.
Hozirda Xo‘jayli tumani hokimi lavozimiga Daryabay Qaypov tayinlangan.
Daryabay Qaypov bundan oldin Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vaziri lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Izoh (0)