Kecha — 3-may kuni boks bo‘yicha Osiyo chempionatining chorak final uchrashuvlariga yakun yasaldi. Unda 10 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tarildi.
-91 kilogramm vazn toifasida chempionlik uchun kurash olib borgan Sanjar Tursunov qozog‘istonlik Vasiliy Levitdan mag‘lub bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Shu jangni inobatga olmasa, qolgan 9 tasida o‘zbekistonliklar raqibidan ustun keldi.
Janglarning 4 tasida nokaut bilan yakunlandi. Rio—2016 ishtirokchilaridan Murod Ahmadaliyev, Shahram G‘iyosov va Bahodir Jalolov raqibini texnik nokautga uchratdi. Shuningdek, -64 kilogrammda Iqbol Xoldorov ham jangni muddatidan oldinroq yakunlashga muvaffaq bo‘ldi.
Yarim finalga yo‘llanma olgan bokschilar Germaniya mezbonlik qiladigan Jahon chempionatida ishtirok etadi.
Izoh (0)