Xitoy hukumati internet nashrlariga qo‘yiladigan talablarni qattiqlashtirdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Yangi qoidalar faqat hokimiyat organlari tomonidan ma’qullangan xodimlarni yollashni ko‘zda tutadi, yangilik portallari jurnalistlari esa markaziy hukumatda akkreditatsiya va malaka oshirishdan o‘tkaziladi.
Yangi qoidalar 2017-yil mayidan kuchga kirdi. Ular faqat Xitoyning ichki saytlariga tegishlidir. Shu bilan birga, qoidalar ayrim turdagi kontentning chop etilishini taqiqlaydi yoki cheklaydi.
Bundan buyon yangilik saytlari “ijobiy va mehribon internet madaniyatning shakllanishiga yordam berishi, milliy va ijtimoiy manfaatlar himoyasiga xizmat qilishi” belgilandi. Yangilik saytlari muharrirlari va ta’sischilari faqat Xitoy fuqarolari yoki xavfsizlik xizmati tekshiruvidan o‘tgan mahalliy tashkilotlar bo‘lishi mumkin.
Yangi reglament, shuningdek, yangilik saytlarini faqat ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarga uzatishga majbur qiladi.
Xitoy uzoq yillardan buyon yangilik saytlari, bloglar va ijtimoiy tarmoqlarni jiddiy ravishda cheklashga urinib keladi.
Izoh (0)