Eronning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan Guliston viloyatidagi ko‘mir shaxtasida portlash sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Kommersant”.
Favqulodda holatlar bo‘yicha mahalliy boshqarma ayni damda tosh uyumlari ostida 40—60 kishi ekanini ma’lum qildi. O‘z navbatida, Fars agentligi uyumlar ostida 90 kishi bo‘lishi mumkinligini qayd etdi.
Ushbu ma’lumot mamlakatning tezkor tibbiy yordam rahbari Pir Husayn Kulivand tomonidan berilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, jarohat olgan 28 nafar kishi shifoxonaga yetkazilgan, ikki nafar konchi halok bo‘lgan.
Izoh (0)