Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning taxminicha, Yevropa Ittifoqi mamlakatda bir necha kundan so‘ng bo‘lib o‘tadigan navbatdan tashqari parlament saylovlariga ta’sir o‘tkazishga urinmoqda. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
O‘zining Dauning-stritdagi qarorgohi yonida amalga oshirgan chiqishida hukumat rahbari Buyuk Britaniyaning Yevropadagi pozitsiyasi qit’a matbuotida noto‘g‘ri taqdim etilganini ta’kidlab o‘tdi.
“Ushbu barcha harakatlar aynan shu paytda qasddan amalga oshirildi, 8-iyunda bo‘lib o‘tadigan umumxalq saylovi natijalariga ta’sir ko‘rsatish uchun”, — dedi siyosatchi.
Tereza Mey muqaddam parlamentni tarqatib, qayta saylov o‘tkazishni taklif qilgan edi. Navbatdan tashqari saylovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — parlamentda muxolif partiyalar Brexit jarayoniga to‘sqinlik qilishiga yo‘l qo‘ymaslik.
Izoh (0)