Andijon shahridagi muhtasham “Toshkent premium” to‘yxonasida yetti juft kelin-kuyovning nikoh to‘yi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda O‘zA.
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, viloyat hokimligi, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan nikoh to‘yida kelin-kuyovlarning qarindosh-urug‘lari, mahalla faollari, mehnat faxriylari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Kelin-kuyovlar karnay-surnaylar sadolari ostida kutib olindi.
Yosh oilalarga Prezident sovg‘asi — zamonaviy yotoqxona mebellar to‘plami, viloyat hokimligi va boshqa homiy tashkilotlarning sovg‘alari topshirildi, nikoh uzugi, to‘y sarpolari tuhfa etildi.
“Farzandim Jamoliddinning nikoh to‘yini o‘tkazdik, — dedi Buloqboshi tumanidagi “Nur zamin” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Iqlimxon Hayitova. — Prezidentimiz rahnamoligida kam ta’minlangan oilalar, ularning farzandlariga ko‘rsatilayotgan ulkan e’tibor va g‘amxo‘rlikdan juda xursandmiz. Xayrli ishlarning tashabbuskori va uning boshida turganlar barchasi omon bo‘lsin”.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)