Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida davom etayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatining uchinchi kunida bugun to‘rt nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga chiqadi. Bu haqda “Olamsport” nashri xabar berdi.
Bokschilardan ikki nafari Rio—2016 Olimpiadasini kumush medal bilan yakunlagan bo‘lsa, Elnur Abduraimov yo‘llanmasi bo‘la turib, o‘z o‘rnini Xurshid Tojiboyevga bo‘shatib bergandi.
To‘rtinchi bokschi Jasurbek Latipov Osiyo chempionatining birinchi kunida pokistonlik Said Asifni mag‘lub etgandi. Endi u ikkinchi jangida qirg‘izistonlik sportchiga qarshi ringga chiqadi.
Izoh (0)