O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi 1-maydan boshlab sinov tartibida ichki ishlar xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari ustidan shikoyatlar qabul qiladigan ishonch telefonlarini ishga tushirdi.
Xalqaro press-klubning 2-mayda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizov ishonch telefon raqamini ma’lum qildi.
Fuqarolar ichki ishlar idoralari xodimlarining noqonuniy xatti-harakati ustidan 1102 raqami orqali shikoyat bilan murojaat qilishi mumkin.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)