Chexiya bosh vaziri Boguslav Sobotka bosh vazir o‘rinbosari va moliya vaziri Andrey Babish bilan bog‘liq vaziyat tufayli hukumat iste’foga chiqishga tayyorlanayotganini bildirdi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Aytilishicha, Sobotka shu hafta prezident Milosh Zeman bilan uchrashib, unga o‘z qarorini bildirishi kutilmoqda.
Ilgariroq Sobotka Babishni soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashda ayblagan edi. Agrofert agroxoldingi egasi bo‘lmish Babish Chexiyadagi ikkinchi eng boy tijoratchi hisoblanadi. Bosh vazirning fikricha, bu uning siyosiy mansabi bilan bog‘liq ravishda manfaatlar ixtilofini keltirib chiqarmoqda.
Shuningdek, hukumat rahbari parlamentga navbatdan tashqari saylov o‘tkazilishi mumkinligini aytib o‘tdi.
Izoh (0)