AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining Cheyenne zarba beruvchi atom suvosti kemasi 2-may, seshanba kuni janubi-g‘arbiy yapon oroli Kyusyuda joylashgan Sasebo harbiy-dengiz bazasiga kirdi. Yaponiya TIVning rasman ma’lum qilishicha, suvosti kemasi bortida 138 kishidan iborat jamoa mavjud, deb yozadi “TASS”.
Suvosti kemasi portga rasman zahiralarni to‘ldirish va ekipaj hordiq chiqarishi uchun kirgan. Biroq Sasebo porti Koreya yarimoroliga qaragan va uning suvlarida Cheyenne’ning paydo bo‘lishi KXDR bilan bog‘liq inqiroz bilan bog‘lanmoqda.
Hozirgi paytda Yapon dengizida AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining Carl Vinson atom aviatashuvchisi boshchiligidagi zarba berish guruhi joylashgan. Uning tarkibida raketa kreyseri va ikki raketa esminetsi ham mavjud. Guruhga USS Michigan zarba beruvchi atom suvosti kemasi hamrohlik qiladi. U Sasebodagi USS Cheyenne kabi Tomahawk qanotli raketalari bilan qurollantirilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)