Amsterdamdagi yolg‘iz ovqatlanuvchilar uchun mo‘ljallangan restoran (fotogalereya)
Niderlandiyalik rejissor va dizayner Marina van Goor Amsterdamda o‘zi o‘ylab chiqqan Eenmaal restoranini ochdi. Undagi stollar faqat bir kishi uchun mo‘ljallangan, deb yozadi TJournal.
G‘oya ovqatlanish uchun doim jamoa bo‘lib boruvchi odamlarga noodatiy tajriba, shuningdek, yolg‘iz kechki ovqat yoki tushlik qiluvchilarni noqulaylikdan xalos etishni taklif qiladi.
Eenmaal Niderlandiya va ba’zi boshqa mamlakatlarda tarqalgan yolg‘iz ovqatlanayotgan odam hayotida hammasi joyida emasligi haqidagi qarashlarni yo‘qotishga qaratilgan.
G‘oya muallifining so‘zlariga qaraganda, muassasaning ochilishi kutilgandan ham ko‘proq ijobiy fikrlarga sabab bo‘lgan.