Fransiyalik fotosuratchi Aleksandr Settler Indoneziya poytaxti — Jakartaga tashrif buyurdi, deb yozadi TJournal. Shahardan 19 km masofada Bantar Gebang — janubi-sharqiy Osiyodagi axlat bilan liq to‘la eng katta poligon joylashgan.
Bu Bekasi shahridagi quyi tuman bo‘lib, bu yerga sanoat korxonalaridan chiqindilarni keltirishadi, oqova suvlar ham shu yerga oqib keladi. Uch mingga yaqin oila yashaydigan iflos joy suratlarini Daily Mail nashri e’lon qildi.
Settlerning so‘zlariga ko‘ra, u Indoneziyada chiqindilar utilizatsiyasi bilan bog‘liq muammolar haqida gapirib berish uchun bu joyga kelgan. Har kuni bu yerga to‘qqiz ming tonna xilma-xil axlatni olib kelishadi.
Fotosuratchi aytishicha, poligonda yashovchilar chiqindilardan oziqlanish va ularni qayta sotish orqali kun kechiradi. U ko‘pchilik bolalar boshqacha hayotni bilmagani tufayli, baxtli ko‘rinishini aytdi.
Izoh (0)