Hindistonning Madxya-Pradesh shtatida ijtimoiy adolat va qishloq tumanlarini rivojlantirish vaziri Gopal Bxargava 700 nafar kelinga kriket tayoqchalarini hadya qildi. Bu haqda 30-aprel, yakshanba kuni Daily Mail xabar berdi.
Siyosatchining so‘zlariga qaraganda, ayollar ularni erlari alkogol iste’mol qilgandan so‘ng o‘zlarini noma’qul tuta boshlasa qurol sifatida ishlatishi mumkin. O‘ziga xos sovg‘a mahalliy hukumat tomonidan tashkil etilgan ommaviy to‘y marosimida turmushga chiqqan kelinlarga sovg‘a qilindi.
Har bir bitada “Piyonistalarni kaltaklash uchun” va “Politsiya aralashmaydi” yozuvlari tushirilgan. Bxargava ayollarga dastlab sarxush erlari bilan gaplashib ko‘rishni, agar ular quloq solishdan bosh tortsa, to‘y sovg‘asini ishga solishni maslahat berdi.
Vazir bu harakati bilan piyonista erlari tomonidan zo‘ravonlikka duch keladigan qishloq ayollarining g‘arib ahvoliga e’tibor qaratmoqchi bo‘lganligini ta’kidladi.
Yangi oila qurganlarga jami o‘n mingta ana shunday bita hadya qilish rejalashtirilgan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)