Italiya A seriyasining 34-turida “Peskara” hamda “Kalyari” klublari to‘qnash keldi. “Kalyari”ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetgan o‘yinda “Peskara” a’zosi Salli Muntari maydonni o‘z xohishiga ko‘ra hammadan erta tark etdi.
“Chempionat”ning BBC Sport’ga tayanib ma’lumot berishicha, Salli Muntariga irqchilik kayfiyatidagi muxlislarning o‘zini tutishi yoqmagan. O‘yinning 89-daqiqasi o‘tib borayotganida futbolchi hakamdan o‘yinni to‘xtatishni talab qilib, bunga muxlislar uni irqchilikka oid so‘zlar bilan haqorat qilayotganini sabab sifatida ko‘rsatgan.
Bosh hakam Daniele Minelli esa hech narsa eshitmaganini aytib, unga aql o‘rgatayotgan futbolchiga sariq kartochka ko‘rsatgan. Shundan so‘ng Salli Muntari norozilik sifatida maydondan chiqib ketgan. Ketar chog‘da futbolchi “bu mening rangim” deb muxlislarga baqirgan.
Muntari hakamdan vaziyatga e’tibor berishni so‘radi, referi hech narsa ko‘rmagani va eshitmaganini aytdi. Salli haq, biroq shunda ham u maydonni tark etmasligi kerak edi. Hukm chiqarish bizning izmimizda emas.Uchrashuv yakuniga yetgach, Muntarining o‘zi ham vaziyatga izoh berdi.Muntari A seriyada bir necha yillardan buyon to‘p surayotgan bo‘lsa-da, bunday hol faqat bugun kuzatildi. Umid qilamanki, bizning mentalitet o‘zgaradi.
Zdenek Zeman, “Peskara” bosh murabbiyi
Ular mening sha’nimga o‘yin boshidanoq til tekkaza boshladi. Ular orasida yosh bolalar ham bor edi, biroq ota-onalari ularni to‘xtatishni xayoliga ham keltirmadi. Men ularni to‘xtatishni istadim, hakam esa tinch qo‘yishimni so‘radi.Mening jahlim chiqdi. Hakam nega o‘yinni to‘xtatmadi-yu, meni jazoladi? Muxlislar nohaq edi. Demak, hakam meni ayblamay, o‘zini boshqacha tutishi kerak edi. Bu vaziyatda men jabrlanuvchiman.
Salli Muntari, “Peskara” a’zosi
Izoh (0)