Davlat soliq qo‘mitasi Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasining Buxoro viloyat bo‘limi xodimlari viloyat markazidagi bozorlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarida qisqa muddatli nazorat tadbirlarini tashkil etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining axborot xizmati xabar bermoqda.
Murojaatlar asosida “Karvon” savdo kompleksi, “Markaziy” va “To‘qimachi” dehqon bozorlari hamda “Sitora” avtomobil bozorlarida o‘tkazilgan mazkur tadbirlarda nazorat kassa mashinasidan xarid cheki bermaslik, 40 dan ortiq holatda to‘lov terminali o‘rnatmaslik, 100 ga yaqin holatda naqd pul tushumlarini yashirish orqali ularni bankka topshirmaslik holatlari aniqlandi.
Shuningdek, to‘lovlarni terminal orqali qabul qilishda qo‘shimcha ustama qo‘yish va to‘lovni plastik karta orqali qabul qilishdan bosh tortish singari qonunchilik talablari ham qo‘pol tarzda buzilgani kuzatildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)