• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Taysondan tortib Shvarseneggergacha, Lennoksdan Joshuaning o‘zigacha lol qoldirgan jang haqida

    Entoni Joshua va Vladimir Klichko o‘rtasidagi jang oldidan va undan keyin bildirilgan fikrlar quyida taqdim etiladi.

    Jang oldidan

    Men Entonini hech qachon bunday baquvvat va zabardast ko‘rmagandim. U Arnold Shvarseneggerning navqiron yillarini eslatib yubordi. U nokautchi, men esa urishni biladigan bokschiman.

    Bu kecha men uchun atalishini his qilmoqdaman. Bu Joshua uchun oldinga tashlangan katta qadam bo‘ladi. Chunki u bunga qadar mening saviyamdek raqib bilan to‘qnash kelmagan. Shu bilan bir qatorda bu jang men uchun ham chaqiriq qo‘ng‘irog‘idir.

    Vladimir Klichko, super-og‘ir vaznda jahonning sobiq chempioni

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Joshuaga qarshi jang oldidan afsonaviy Mayk Tayson ham Klichko tomonida ekanini yashirmadi.

    Eshiting, agar Klichko o‘tgan vaqt davomida qilgan ishlarni sarhisob qilsak, u eng zo‘r bokschi. U o‘z vaqtida eng kuchli bokschilarni mag‘lub etgan. Ha, u mag‘lab ham bo‘lgan, biroq har safar ringga qayta olgan. Vaholanki yirik mag‘lubiyatidan keyin yo‘q bo‘lib ketgan va biz u haqda keyinchalik eshitmagan bokschilar to‘lib yotibdi.

    Men ukrainalik bokschi g‘alaba qozonishini istardim. Ammo bu umuman oson bo‘lmaydi. Men Joshuaning harakatlarini ko‘rib tushundimki, u dahshatli yigit.

    Bu yoshda ringga chiqishga bo‘lgan ishtiyoqni topishning o‘zi muammo. Odamlar qarib qolganing, vaqt o‘tayotgani haqida gapiradi, ammo eng muhimi — sportda ekaningni his qilish va ringga ko‘tarilishga erisha olish. Bunda raqibni urib tashlashga bo‘lgan ishtiyoq oldingilaridan ham kuchliroq bo‘lishi kerak.

    Joshua? U aqlbovar qilmas darajada yirik. U haqiqiy chempionlar kelbatini ko‘rsatmoqda. Bunga haqqoniy erishishi uchun esa Klichkoni mag‘lub etishi kerak. U boksni jiddiy qabul qildi, demak, shu sohaning kelajagi deb bemalol aytsak bo‘ladi. Bunday vaznda berayotgan tezkor zarbalari reallikdan yiroqdek ham ko‘rinadi.

    Joshua raqibiga yirtqich kabi tashlanishi turgan gap. Klichko esa masofani ushlay bilishi va botmondek keladigan o‘ng qo‘li bilan bo‘ladigan hamlasi uchun payt poylashi kerak.

    Joshua esa yutishi uchun shunchaki ringga chiqishi va raqibini urishi lozim. Unda buning uchun hamma sharoit bor, hattoki, nokautga erishishi uchun ham.

    Mayk Tayson, og‘ir vaznda jahonning mutloq chempioni

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Jang oldidan bergan intervyusida Joshuaning buyuk bo‘la olishini taxmin qilgan, biroq uning o‘zi kabi darajaga chiqa olmasligiga ishongan Lennoks Lyuis Klichko haqida iliq fikrlar bildirdi.

    Hamma Klichkoning qarib qolgani va qo‘lidan ish kelmasligi haqida gapirmoqda. Biroq men aminmanki, Vladimir bu gaplar bir tiyinga qimmat ekanini isbotlashga tayyor. Chunki men ham shunday qilgan bo‘lardim.

    Men Klichkoni hech qachon bunday yaxshi formada ko‘rmaganman. Joshua esa keragidan ko‘p og‘irlashib ketgan, bu farqni keltirib chiqarishi mumkin. 12 raund davomida bunday og‘irlikni ko‘tarib yurish juda qiyin. Demak, Joshua o‘sha-o‘sha chaqqonligini namoyish qila olishiga o‘zini ishontirishi kerak bo‘ladi.

    Lennoks Lyuis, super-og‘ir vaznda jahonning sobiq chempioni

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Jangdan keyin

    Entoni Joshua, yomon emas. Sening Klichko bilan janging hayot uchun emas, o‘lim uchundek taassurot qoldirdi. Men esa u bilan shunchaki o‘ynagandim. Raqs tushamizmi?Tayson Fyuri, jahonning sobiq chempioni

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Lennoks jangdan rohat olganini uning fikrlari isbotlab turibdi.

    Qanday ajoyib jang?! Har ikki bokschini tabriklayman, ular ishqibozlar uzoq vaqt gapirib yuradigan jang o‘tkaza oldi. Bunda boks muxlisi orzu qiladigan hamma narsa bor edi: jentelmenlarga xos tarbiya, yuqori drama, mashaqqat, munosiblik va o‘zaro hurmat.

    Bu katta g‘alaba, bu Joshua uchun oldinga ulkan qadam. Va Klichko tomonidan ko‘rsatilgan haqiqiy erkaklik. Ularga mening hurmatlarim!

    Lennoks Lyuis, super-og‘ir vaznda jahonning sobiq chempioni

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Jang oldidan Klichko raqibini kimga o‘xshatgan bo‘lsa, o‘sha inson jangni Londonning o‘zidan tomosha qildi.

    Bu men ko‘rgan eng ajoyib janglardan biri bo‘ldi. Men Joshuani g‘alaba bilan, Klichkoni esa a’lo darajadagi jang bilan tabriklayman. Umid qilamanki, biz revansh jangini ko‘ramiz.

    Arnold Shvarsenegger, aktyor va siyosatchi

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Eng so‘nggida g‘olib Joshuaning o‘zi sahnaga chiqdi.

    Men ideal emasman. Ammo o‘z ustimda ishlayman va hech qachon unutmaymanki, boks — birinchi navbatda harakter. Bugun men shu narsa o‘zimda borligini isbotlay oldim. Nokdaundan keyin men yurakdan jang qildim. Faqatgina shunday janglardagina sen o‘zingning nimalarga qodirligingni his qila olasan.

    Klichko revansh talab qiladimi yoki yo‘q — bilmayman. Nima bo‘lgan taqdirda ham men unga jang uchun minnatdorchilik bildiraman. Vladimir mag‘lub bo‘lib ham o‘rnak bo‘la oldi.

    Entoni Joshua, super-og‘ir vaznda jahon chempioni

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images
    30.04.2017, 14:39   Izoh (0)   85941
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rasman: “Futbol TV” bugun 22:00 da ishga tushadi va “El-klasiko”ni jonli efirda namoyish etadi

    23.04.2017, 21:22

    Patriot Boxing Team — Uzbek Tigers 3:2. Mirzobek Hasanov Uzbek Tigers’ni yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi

    21.04.2017, 22:26

    Patriot Boxing Team — Uzbek Tigers 3:1. Madiyor Saidrahimov ham mag‘lubiyatga uchradi

    21.04.2017, 21:59

    Patriot Boxing Team — Uzbek Tigers 2:1. Odil Aslanov Uzbek Tigers hisobiga ikkinchi mag‘lubiyatni olib keldi

    21.04.2017, 21:38

    Uzbek Tigers — Patriot Boxing Team 1:1. So‘nggi raundda nokdaunga uchragan Ulug‘bek Do‘stmurodov mag‘lub bo‘ldi

    21.04.2017, 21:18

    Patriot Boxing Team — Uzbek Tigers 0:1. Abrorjon Qodirov raqibi ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi

    21.04.2017, 21:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.