O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevga O‘sh viloyati O‘zgan tumanida 2017-yil 29-aprel kuni sodir bo‘lgan tuproq ko‘chkisi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani yuzasidan hamdardlik bildirdi, deya xabar bermoqda O‘zA.
“Mening chuqur ta’ziyamni qabul qilishingizni va butun Qirg‘iziston xalqiga, jumladan, halok bo‘lganlar va jabr ko‘rganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardligimni yetkazishingizni so‘rayman”, — deyiladi O‘zbekiston prezidentining Qirg‘iziston prezidentiga yo‘llagan maktubida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonda yer ko‘chkisi oqibatida 24 kishi qurbon bo‘lgani munosabati bilan 30-aprel motam kuni deb e’lon qilingan edi.
Izoh (0)