Pokistonning shimoli-g‘arbiy hududidagi daradan mikroavtobus qulashi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Halokat oqibatida to‘qqiz kishi jarohat oldi.
Taxmin qilinishicha, yo‘l-transport hodisasiga noqulay ob-havo sharoitlari sabab bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, yomg‘ir yoqqani bois yo‘l sirpanchiq bo‘lgan.