Joriy yilning 28-aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya hamda Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari rahbarlarining axboroti eshitildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Yig‘ilishda ta’kidlandiki, respublika ixtisoslashtirilgan markazlarining viloyat va tuman tibbiyot muassasalari bilan o‘zaro hamkorligi, kasalliklar profilaktikasi, tashxis qo‘yish va davolash masalalarida malakali kadrlarga bo‘lgan talab va ehtiyojning yuqoriligi parlament va jamoatchilik nazoratining doimiy e’tiboridagi vazifaga aylanmoqda.
Kun tartibidagi Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya hamda Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari rahbarlarining axborotini eshitishdan avval deputatlar ushbu tibbiyot muassasalarining faoliyati bilan yaqindan tanishdi, ularning aholiga xizmat ko‘rsatish darajasi va holatini o‘rganib chiqdi.
Amaliy muloqot va savol-javob tarzida o‘tgan majlisda ikkala markaz rahbarlari o‘z faoliyatlari yuzasidan taqdimot o‘tkazdi.
Majlis yakunida deputatlar ushbu markazlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirdi.
Muhokama etilgan masalalar yuzasidan Qonunchilik palatasining qarori qabul qilindi va uning ijrosi nazoratini muntazam olib borish hamda tahlilini yuritish kabi vazifalar belgilab olindi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)