AQSh prezidenti ma’muriyati Saudiya Arabistoni va Isroil bilan Donald Trampning ushbu mamlakatlarga tashrif buyurish imkoniyatini ishlab chiqmoqda. Tramp Reuters agentligiga tashriflar muddati may oyining ikkinchi yarmi ekanligini ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Pentagon rahbari Jeyms Mettis o‘tgan hafta Saudiya Arabistoni, Misr, Isroil, Qatar va Jibutiga tashrif buyurdi. Ar-Riyoddagi matbuot anjumanida mudofaa vaziri AQSh prezidenti Tramp yaqin vaqt ichida Ar-Riyodga tashrif buyurishi mumkinligini ma’lum qildi.
Fevral oyida Vashingtonda AQSh prezidenti Donald Tramp va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Yaqin Sharqdagi vaziyatni tinch yo‘l bilan tartibga solish uchun yanada yirikroq bitimga erishish istiqbollarini muhokama etayotganini ma’lum qilgan edi.
Netanyaxu AQSh prezidentini Isroilga tashrif buyurishga taklif qildi. MSNBC telekanaliga bergan intervyusida vazirlar mahkamasi rahbari Trampning javobi haqida ma’lumot bermasa-da, Oq uy rahbari taklifni qabul qilishiga ishonch bildirdi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)