BMTning inson huquqlari bo‘yicha maxsus hisobotchisi Idris Jazoiriy G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalarini 100 milliard dollarga baholadi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Sanksiya tashabbuskorlari bo‘lgan davlatlarning daromadi nuqtai nazaridan sanksiyalarning qiymati oyiga taxminan 3,2 milliard dollarni tashkil etdi. Buni uch yilga ko‘paytirsak, ko‘rsatkich 100 milliard dollarni tashkil etadi”, — dedi Jazoiriy.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiyaning sanksiyalardan yo‘qotishlari 52–55 milliard dollarni tashkil etadi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya iqtisodiyotining inqirozli vaziyatga moslashish modeli samaraliroq bo‘lib chiqdi.
Izoh (0)