Forbes nashri dunyoning turli mamlakatlarida joylashgan kelajakka xos ekologik toza dahalarning ba’zilari bilan tanishtirdi.
Masdar, BAA
Abu-Dabi xalqaro aeroporti yaqinda joylashgan. Shahar cho‘l bilan o‘ralgan bo‘lishiga qaramay, bu yerda harorat +20 darajadan oshmaydi: buni 45 metrli shamol minorasi tabiiy konditsioner sifatida ta’minlab turadi. Masdarga 87 777 ta zamonaviy quyosh panellari elektr energiyasini yetkazib beradi. Hozircha Masdarda asosan talabalar va ilmiy xodimlar yashaydi, ammo 2030-yilgacha loyihaga ajratilgan 6 kvadrat kilometr maydonning barchasi ishga tushirilgach, shaharda 40 ming kishi doimiy yashashi, yana 50 ming kishi har kuni ishga yoki o‘qishga kelishi mumkin.BedZED, Buyuk Britaniya
London tashqarisidagi shahar 2002-yildayoq foydalanishga topshirilgan. Bu haqiqiy yashil daha. Bu yerda odam Londondagi o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatan 50 foizga kamroq suv sarflaydi. Elektr tokining bir qismini 777 kvadrat metr quyosh panellari beradi.SolarCity, Avstriya
Avstriyaning Lins shahri markazidan yarim soatlik masofada joylashgan “Quyosh shahri”da 1400 ta samarali energiya sarfiga moslashtirilgan xonadon bor, uylar tomlariga esa quyosh panellari o‘rnatilgan. Shahar oila bilan yashash uchun ajoyib joy: ko‘lgacha piyoda borish mumkin, daha markazida esa bank, kutubxona, do‘konlar, maktab, bog‘cha, sport maydonchasi va qulay hayot uchun zarur bo‘lgan boshqa joylar bor.Bo01, Shvetsiya
Malmyoning G‘arbiy bandargohi hududidagi aqlli daha. U an’anaviy energiya manbalariga bog‘liq bo‘lmagan, ekologik xomashyodan yasalgan uylardan iborat, resurslar iste’moli haqidagi ma’lumotdan onlayn foydalanish mumkin bo‘lgan, infratuzilmasi rivojlangan shaharchadir. Aholi zich joylashganiga qaramay, bu yerda daraxtlar, ko‘llar va yashil tomlar ko‘p.Fudzisava SST, Yaponiya
Tokiodan bir soatlik masofada joylashgan daha 19 gektar maydonni egallagan bo‘lib, biz uchun kichik hisoblangan uch xonali uylardan iborat. Binolar tomlariga quyosh panellari o‘rnatilgan, har bir uy energiyani zaxira qilib qo‘yuvchi batareya bilan ta’minlangan. Uylar aqlli texnikaga to‘la.Amanora Park Town, Hindiston
Puna shahri tashqarisida joylashgan bog‘ majmuasi 182 gektar maydonni egallagan, uning oltidan bir qismini yashil hudud tashkil etadi. Bu yerda ikkita maktab, kasalxona, o‘t o‘chirish stansiyasi, ulkan savdo markazi va infratuzilmaning boshqa zarur elementlari bor. Yaqin o‘n yil ichida u 20 ming kishiga uy bo‘lishi kutilmoqda.Songdo, Janubiy Koreya
Seuldan 65 km janubda joylashgan aqlli dahada har qadamda kompyuterlar bor, boz ustiga, ular yagona markazlashgan tarmoqqa ulangan. 6 kvadrat kilometr maydonda 106 ta bino joylashgan. Hududning 40 foizi ko‘kalamzorlashtirilgan. Shahar ko‘chalarida axlat qutilari o‘rniga chiqindilarni to‘plashning vakuumli tizimi o‘rnatilgan.
Izoh (0)