O‘zbekiston Milliy matbuot markazida ta’lim sifati va samaradorligini yuksaltirishga oid amaliy ishlar va istiqboldagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zA.
Anjumanda majburiy ta’lim tizimi uchun (9+3 asosidagi) 18 umumta’lim fanidan davlat ta’lim standartlari ishlab chiqilgani qayd etildi. Xususan, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish maqsadida jismoniy tarbiya fanidan davlat ta’lim standartlariga shaxmatni o‘rganish talablari singdirildi. 1—4-sinflarda matematika fanini o‘qitish mazmuniga dasturlashning ilk tushunchalari kiritilgani o‘g‘il-qizlarda informatika, axborot texnologiyalari faniga oid boshlang‘ich bilimlarni shakllantiradi.
O‘quv rejasi ham yanada takomillashtirilib, “Informatika va hisoblash texnikasi asoslari” fani “Informatika va axborot texnologiyalari” deb o‘zgartirildi. O‘quvchilarni kasb-hunarni to‘g‘ri tanlashga yo‘naltirish maqsadida “Mehnat ta’limi” fani “Texnologiya” fani deb o‘zgartirildi va bugungi kun talabidan kelib chiqib, ko‘p tarmoqli yo‘nalishlarga asoslangan holda qayta ishlandi.
Matbuot anjumanida OAV xodimlarining savollariga javob qaytarildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)