Estoniyada 24-aprel, dushanba kuni 25 ta mamlakatdan 800 ga yaqin kishi ishtirok etuvchi keng ko‘lamli xalqaro kibermashg‘ulotlar Locked Shields boshlanadi. Bu haqda NATOning Tallin Kiberhimoya markazi matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Locked Shields — 2010-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan dunyo bo‘yicha eng yirik kibermashg‘ulotlardan biri. NATO Shimoliy Atlantika kengashi Tallindagi Kiberhimoya markazi akkreditatsiyasini tasdiqladi va unga xalqaro harbiy tashkilot maqomini berdi. Hozirda markaz faoliyatida 18 ta davlat: AQSh, Estoniya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Slovakiya, Italiya, Litva, Latviya, Ispaniya, Vengriya, Chexiya, Polsha, Gollandiya, Gretsiya, Turkiya, shuningdek markaz hamkorlari maqomida Avstriya va Finlyandiya ishtirok etmoqda.
O‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etayotgan tashkilotlar ro‘yxatida Siemens AG, Threod Systems, Cyber Test Systems, Clarified Security, Iptron, Bytelife, BHC Laboratory, openvpn.net, GuardTime va boshqalar bor.
Izoh (0)