Yaqin orada Xitoyda O‘zbekistonning axborot agentligi ochilishi mumkin. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Sun Litsze 22 aprel kuni yosh jurnalistlar bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘tkazilgan uchrashuvida gapirib o‘tdi.
Ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar va turli sohalardagi islohotlarni bevosita yoritib borish bo‘yicha axborot almashinuvini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladigan mazkur agentlik yuzasidan muzokaralar davom etayotgani ma’lum bo‘ldi.
Bundan tashqari, madaniy sohada kinoteatrlar faoliyati, infratuzilmasi va tibbiyot sohasidagi hamkorlik aloqalari yuzasidan ham yangi loyihalar boshlangani qo‘shimcha qilindi.
Talabalar bilan kechgan muloqot davomida elchi, shuningdek, faoliyat boshlaganiga ko‘p bo‘lmagan Toshkentdagi Xalqaro press-klubning ilk yig‘ilishida ishtirok etgani munosabati bilan undan olgan katta taassurotlarini o‘rtoqlashdi.
Izoh (0)