Buxoro viloyatidagi yig‘ilishda sog‘liqni saqlash sohasidagi yechimini kutayotgan dolzarb masalalar, muammo va kamchiliklar to‘g‘risidagi masala yuzasidan Buxoro tibbiyot instituti rektori vazifasini bajaruvchi, ishchi guruhi rahbari S. Olimovning axboroti tinglandi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Aholi tomonidan 2016-yilda davolash-profilaktika muassasalari faoliyati xususida “Ishonch telefonlari”ga 1278 ta murojaat kelib tushdi. Mazkur murojaatlarni o‘rganish davomida 375 ta davolash-profilaktika muassasalari ishi tekshirilib, 290 ta jarima amalga oshirildi. 125 nafar tibbiyot xodimi ishdan chetlashtirilib, yetti nafar vrachga nisbatan taqdimnoma kiritildi.
Qorako‘l tumanida 143, Kogon tumanida 72, Shofirkon tumanida 62, G‘ijduvon va Qorovulbozor tumanlarida 30 dan ortiq, viloyat bo‘yicha jami 722 nafar vrach kadrga ehtiyoj borligi ma’lum qilindi.
Izoh (0)