20-aprel kuni LDPR va “Yedinaya Rossiya” deputatlari Vladimir Lenin jasadini ko‘mishni taklif qildi. Biroq bir kun o‘tib qonun loyihasi chaqirib olindi. Shunga qaramasdan, o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, rossiyaliklarning 63 foizi Lenin jasadini ko‘mish g‘oyasini ma’qullaydi.
Yana qanday maqbaralar hamon tashrif buyurish uchun ochiq ekanligi haqida “TASS” hikoya qiladi.
Mao Szedun, XXR
XX asrning eng atoqli siyosiy arboblaridan biri, XXR raisi Mao Szedun 1976-yilda vafot etgan edi. Uning merosxo‘ri Xua Gofen yetakchi jasadini balzamlashga qaror qilgan.
Kim Ir Sen va Kim Chen Ir, KXDR
KXDR yetakchilari Kim Ir Sen va uning o‘g‘li Kim Chen Irning balzamlangan jasadlari Pxenyandagi Kimsusan memorial saroyida orom topgan. Har ikkala siyosatchi jasadi shisha sarkofaglarda. Maqbara sayyohlar va ziyoratchilar uchun ochiq, biroq jasadlarni suratga olish taqiqlangan, tashrif buyuruvchilar esa maxsus dress-kodga amal qilishi lozim.
Xo Shi Min, Vyetnam
Vyetnam yetakchisi Xo Shi Min 1969-yilda vafot etganidan so‘ng balzamlangan. Siyosiy arbobning o‘zi jasadini yoqib, kulini mamlakatning uch qismida sochishni so‘ragan. Biroq uning merosxo‘ri Le Zuan boshqa qaror qabul qilgan.
Chan Kayshi, Xitoy respublikasi
Xitoy respublikasi (Tayvan) prezidenti Chan Kayshi vafotidan so‘ng uning jasadi uzoq vaqt Sixu qarorgohida saqlandi. Keyinroq sarkofag Taybey markazida maxsus qurilgan maqbaraga ko‘chirildi.
Szyan Szingo, Xitoy respublikasi
Szyan Szingo — Chan Kayshining o‘g‘li va uning merosxo‘ri otasi yaqinida — Toulyao maqbarasida orom topgan.
Nikolay Pirogov, Ukraina
Afsonaviy jarroh Nikolay Pirogov vafotidan so‘ng jasadini balzamlashlarini o‘zi istagan ushbu ro‘yxatdagi yagona odam. Hozirda Pirogov Vinnitsaning Vishnya qishlog‘ida orom topgan.
Izoh (0)