12 yil deganda Germaniya Bundesligasi klublari yevrokuboklarda yarim finalga qadar yetib kela olmadi, deb xabar berdi UEFA rasmiy sayti statistikasi.
So‘nggi 12 yil davomida eng kamida 1 ta nemis jamoasi Yevropa Chempionlar ligasi yoki Yevropa ligasining yarim finalida to‘p surishga muvaffaq bo‘lib kelayotgandi. Bu safar esa “Bavariya” va “Borussiya Dortmund” klublari Chempionlar ligasining, “Shalke” esa Yevropa ligasining chorak finalidan uchirma bo‘ldi.
So‘nggi bor 2004/05-yilgi mavsumda Germaniya futbol klublari mana shunday ahvolda qolgandi. O‘shanda “Bavariya” Chempionlar ligasida “Chelsi”dan yengilgan. “Bayer”, “Shalke”, “Alemaniya” va “Shtutgart” klublari esa UEFA kubogining chorak finalidan chiqib ketgan.
Ma’lumot uchun, joriy mavsum Madridning “Real” klubi Chempionlar ligasining yarim finaliga ketma-ket yetti bor yetib kelib, rekord o‘rnatdi. Avvalgi rekord “Barselona”ga tegishli bo‘lib, Kataloniya klubi eng nufuzli klublari turniri yarim finalida qatorasiga olti bor ishtirok etgandi.
Izoh (0)