O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-aprel kuni Olmazor tumanida barpo etiladigan yangi savdo markazi loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Olmazor tumanining Nurafshon va Forobiy ko‘chalari kesishgan joyda uch qavatli “Eski shahar” savdo markazi barpo etiladi.
Bu yerda xaridorlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida kafe, galereya, bolalar o‘yin maydonchalari, avtomobillar to‘xtash joyi va boshqa obyektlar quriladi.
Markaz ishga tushgach, 250 kishi ish bilan ta’minlanadi.
Shavkat Mirziyoyev mazkur savdo kompleksi quriladigan joyni ko‘zdan kechirdi. Markazning uchinchi qavatida “Kitob olami” do‘koni va tarixiy filmlar namoyish qilinadigan kinozal barpo etish kerakligini ta’kidladi.
Poytaxtimizda bunday yirik inshootni barpo etishdan maqsad Eski shahar aholisining turmush farovonligini yanada oshirishdir. Buning uchun kompleksni zamonaviy arxitektura talablari asosida mukammal qurish, atrofini obodonlashtirish, odamlarga qulayliklar yaratishga alohida e’tibor qaratish zarur.Mutasaddi rahbarlarga 2018-yil Navro‘z bayramigacha mazkur obyektni foydalanishga topshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)