Sport kiyimlari va poyabzali ishlab chiqaruvchi mashhur Puma kompaniyasi 2015-yilda o‘z mahsulotida Shanxayning jun matolar ishlab chiqaruvchi “Xenyuansyan” korporatsiyasi logotipidan foydalangani uchun unga 2,9 million yuan (421 ming dollar atrofida) jarima to‘lashi lozim. “Shanxay jibao” gazetasining ma’lum qilishicha, tegishli qaror Xuanpu shahri Xalq sudi tomonidan chiqarilgan, deb yozadi “TASS”.
Gap kompaniya tomonidan 2014-yilning mart oyida ro‘yxatdan o‘tkazilgan logotip haqida bormoqda. Logotipda qadimgi Xitoy iyeroglifini eslatuvchi echki boshi aks ettirilgan. 2015-yilda Puma kompaniyasi Echki yilida chiqarilgan oyoq kiyim va futbolkalarida o‘lchami boshqacha xuddi shunday ramzdan foydalangan.Sud Puma kompaniyasi tomonidan ushbu logotipning qo‘llanishi xaridorlarni kompaniyaning maxsus seriyadagi mahsulotlari “Xenyuansyan” korporatsiyasi bilan bog‘liq degan yanglish fikrga kelishiga sabab bo‘lgan degan qarorga keldi.
Surishtiruv natijalari, Puma Xitoyda chiqarilgan kiyim va poyabzallardan 6 million yuanga yaqin daromad qilganligini ko‘rsatdi. Sud mazkur mablag‘ning yarmiga yaqinini “Xenyuansyan” korporatsiyasiga to‘lash majburiyatini yukladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)