“Namangan kitob olami” markazi yana bir xayrli ishga qo‘l urdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
Markaz va “Nuroniy” jamg‘armasi vakillari, deputatlar, ulamolardan iborat guruh Namangan shahridagi Ikkinchi jahon urushi faxriylari xonadonlarini yo‘qlamoqda. Jumladan, shu kungacha shahardagi N. Sattorov, Sh. Nuriddinov, M. Pattayev, Q. Murodov kabi tabarruk keksalardan xabar olindi.
Faxriylarga esdalik sovg‘alari va “O‘zbekiston ulamolari” kitobi taqdim etildi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Namangan kitob olami” tomonidan viloyatda “Men kitobni o‘qishni sevaman” nomli sayyor aksiyalar o‘tkazilayotgani ma’lum qilingandi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)