Pxenyan bir zarba bilan dushmanlarini yo‘q qilishga qodir qurol-yarog‘ga ega. Bu haqda “Minchju Choson” hukumat gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Pxenyan olov bilan o‘ynashishni xush ko‘ruvchi va KXDRni suverenitet, qadr-qimmati va hayotiy huquqlaridan mahrum etishga urinayotgan dushmanlarini bir zarba bilan yo‘q qilishga qodir qurol-yarog‘ga ega”, — deya ta’kidlaydi nashr.
Gazeta Qo‘shma Shtatlar yaqinda Suriya aviabazasi bo‘ylab raketa zarbasi berganligi uchun jazosiz qolganini qayd etdi. Shu munosabat bilan “Minchju Choson” Tramp ma’muriyatini KXDR Suriya emasligini unutmaslik va be’mani rejalar tuzmaslikka chaqiradi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)