Moskva—Farg‘ona yo‘nalishidagi samolyot yo‘lovchi ayollardan birida to‘lg‘oq boshlangani uchun 19-aprel, chorshanba kuni Samarada ko‘zda tutilmagan qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda shaharning Kuybishev tumani transport prokurori yordamchisi Maksim Voroshilov ma’lum qildi, deya xabar beradi “1News.uz”.
O‘zbekistonlik 37 yoshli ayolda to‘lg‘oq tutishi parvoz chog‘ida boshlandi. Havo kemasi kapitani Samarada rejalashtirilmagan qo‘nishni amalga oshirishga qaror qildi.
Shahar aeroportiga zudlik bilan tez tibbiy yordam mashinasi yetib keldi va ayol tug‘ruqxonaga yetkazildi.
Samolyot Farg‘onaga yo‘l olgani bildirilmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)