• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ikki kunda olti o‘zgarish: Toshkent tumanlari hokimlari nega almashtirilmoqda?

    Toshkent shahrida 11 tuman bo‘lib, so‘nggi ikki kun ichida ularning oltitasiga yangi hokim tayinlandi. Yangi hokimlarning qariyb barchasi vazirlik va respublika miqyosidagi tashkilotlarning rahbar kadrlaridir.

    Mart oyi oxirida Yunusobod tumani hokimi Mira’zam Mirqosimov iste’foga chiqarilgan edi — Mirqosimov bu lavozimda olti oy ham ishlamadi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 12-aprel kuni Chilonzor tumaniga amalga oshirgan tashrifidan so‘ng, tumanning boshqa mas’ullari qatorida, hokim ham ishdan olindi. 18-aprel kuni har ikkala tumanning yangi hokimlari nomlari ma’lum bo‘ldi: Davlat raqobat qo‘mitasi rahbari Davron Hidoyatov Chilonzorga, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Baxtiyor Abdusamatov esa Yunusobod tumaniga hokim etib tayinlandi. Hidoyatov ham, Abdusamatov ham 11-aprel kuni Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilgan videoselektorda qattiq tanqid qilingan va shundan so‘ng qo‘mitalar rahbarligidan ketgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    19-aprel kuni Toshkentning to‘rtta tumaniga yangi hokim tayinlangani ma’lum bo‘ldi. Sergeliga — Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov, Yashnobodga — iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Dilmurod Turdiyev, Mirobod tumaniga — Toshkent mexanika zavodi sobiq raisi Shuhrat Po‘latov, Uchtepa tumaniga — bir vaqtlar Mirzo Ulug‘bek tumaniga rahbarlik qilgan Shavkatbek Ergashev hokim bo‘ldi. Ulardan avvalgi hokimlarning ba’zilari ko‘p yillardan beri (masalan, Sergeli sobiq hokimi Furqat Maqsudxo‘jayev), ba’zilari esa bir necha oydan beri hokimlik qilayotgan edi (Javdatxon Inog‘omov Uchtepaga atigi uch yarim oy hokim bo‘ldi).

    Tuman hokimlarining ommaviy almashtirilishi sabablari yuzasidan hozircha rasmiy izoh berilgani yo‘q. Hokimlar iste’fosida tumanlar aholisidan Prezident Virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlar asosiy rol o‘ynagan bo‘lishi mumkin. Xususan, Prezidentning Chilonzorga tashrifi yakunlari bo‘yicha berilgan rasmiy axborotda tumandan Virtual qabulxonaga 16 mingdan ziyod murojaat kelib tushgani, biroq ularning “atigi 1,5 mingtasi” ijobiy hal qilingani ta’kidlangan.

    Kuzatuvchilar Davlat raqobat qo‘mitasi va Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi rahbarlarining tuman hokimi etib tayinlanishini “qoniqarsiz faoliyat uchun jazo” va “ishonchni oqlash uchun yana bir imkoniyat” sifatida, shahar hokimi o‘rinbosari va iqtisodiyot vaziri o‘rinbosarining tuman hokimligiga yuborilishini esa xizmat pillapoyasidagi navbatdagi o‘sish yo‘lida o‘ziga xos imtihon tramplini deb ta’riflamoqda.

    Almashmagan besh hokim qoldi — Shopo‘lat Asqarov (Bektemir tumani), Sarvar Mahametov (Yakkasaroy), Oybek Mirtemirov (Shayxontohur), Bahodir G‘oibnazarov (Olmazor) va Sherzod Kudbiyev (Mirzo Ulug‘bek). Nomlari zikr etilganlardan Sherzod Kudbiyevning o‘rni mustahkamroqdek ko‘rinadi — u Shavkat Mirziyoyev Prezidentlikka kirishganidan keyingi tayinlangan ilk kadrlardan, o‘zi rahbarlik qilayotgan tumanni yaxshi tomonga o‘zgartirishga va bu o‘zgarishlarni ko‘rsatishga urinyapti. Hukumatdagi manbalarga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti yaqin kunlarda Toshkentning qator tumanlariga tashrif buyuradi va bu, Chilonzor safari yakunlaridan xulosa qilinsa, tuman hokimlarining almashinuviga sabab bo‘lishi mumkin.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

    19.04.2017, 12:43   Izoh (0)   78190
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Moskva—Farg‘ona yo‘nalishidagi samolyot yo‘lovchi ayolda to‘lg‘oq boshlangani tufayli Samarada qo‘ndi

    19.04.2017, 12:38

    Toshkentda O‘zbekiston—Xitoy biznes forumi boshlandi

    19.04.2017, 12:34

    O‘zbekiston Qozog‘iston suv omborlaridagi ortiqcha suv hajmlarini qabul qilib olishga tayyorligi bildirildi

    19.04.2017, 12:05

    Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sish sur’ati bo‘yicha prognozini saqlab qoldi

    19.04.2017, 11:22

    Uchtepa tumani hokimi o‘zgardi

    19.04.2017, 11:10

    Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentini referendumning muvaffaqiyatli natijalari bilan tabrikladi

    19.04.2017, 11:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Yaponiya kelajak sari yurish uchun o‘tmish bilan yuzlashishi shart” — Janubiy Koreya prezidenti

    Dunyo | 16 avgust, 20:47

    “Men prezident ekanman Xitoy Tayvanga hujum qilmaydi” — Tramp

    Dunyo | 16 avgust, 19:54

    “Nottingem Forest” “Manchester Siti” himoyachisi uchun 25+5 mln yevro taklif qildi

    Sport | 16 avgust, 19:52

    “Afrika kichik emas!” — Afrika ittifoqi xarita proyeksiyasini o‘zgartirishni talab qilmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 19:44

    “Tramp savdo munosabatlarimiz haqida yolg‘on gapirmoqda” — Braziliya prezidenti

    Dunyo | 16 avgust, 18:16

    Qaysi sohadagi tadbirkorlar soliq to‘lashdan eng ko‘p qochayotgani ochiqlandi

    Iqtisodiyot | 16 avgust, 17:51

    Saraton hujayralarida ilk bor demensiyaga o‘xshash jarayonlar aniqlandi

    Ilm-fan | 16 avgust, 17:28

    Pokistonda kuchli yomg‘ir va ko‘chkilar oqibatida halok bo‘lganlar soni 300 nafardan oshdi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 17:11

    Astronomlar osmonda bir vaqtning o‘zida oltita sayyorani qanday kuzatish mumkinligini aytib berdi

    Dunyo | 16 avgust, 16:47
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.