Yevropa Chempionlar ligasining chorak finalidan joy olgan “Real” — “Bavariya” to‘qnashuvida Madrid klubi har ikki o‘yinda ham ustun keldi. Ham Germaniyadagi, ham Ispaniyadagi o‘yinda “Bavariya” futbolchilari bir kishi kam to‘p surishga majbur bo‘ldi.
Birinchi uchrashuvning 61-daqiqasida italiyalik Nikola Ritssoli Xavi Martinesni maydondan chetlatgan bo‘lib, shundan keyin Krishtianu Ronaldu g‘alaba golini urishga muvaffaq bo‘lgandi. Javob o‘yinining 84-daqiqasida esa Arturo Vidal vengriyalik Viktor Kashshaidan qizil kartochka oldi. O‘yin qo‘shimcha daqiqalarga qadar davom etdi va shundan keyin “Real” 3 ta gol urishga erishdi.
“Sports.ru” nashri takroriy o‘yinda vengriyalik hakam yo‘l qo‘ygan 4 ta asosiy xatoni sanab o‘tdi va bularning bari yakunda “Real”ni yarim finalga olib chiqqani aytildi.
84-daqiqada Arturo Vidal to‘pga o‘ynaganiga qaramay, hakam uni maydondan chetlatishga qaror qildi.
104-daqiqada Krishtianu Ronaldu tomonidan gol offsayd holatidan urildi.
109-daqiqadagi golda ham o‘yindan tashqari holat bor edi (Ronaldu to‘pdan biroz ilgarilab ketgandi).
Bundan tashqari, hakam Kazemironi bir necha bor kechirdi. Mana bu vaziyatda unga ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatishi mumkin edi.
Biz hakam tomonidan jazolandik. Umid qilamanki, keyingi o‘yinlarda hakamlarga videotakrorlar yordam beradi. Bunday xatolar yuqori saviyadagi o‘yinlarda bo‘lmasligi kerak. Nima bo‘lganda ham bu chorak final edi... Bilmadim, balki yanada saviyalariroq hakamni tayinlash kerakmidi...Karlo Anchelotti, “Bavariya” bosh murabbiyi
Ma’lumot uchun, Viktor Kashshai Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi reytingida eng yaxshilar qatorida turadi. U 2010-yilgi Jahon chempionatining Germaniya va Ispaniya termalari o‘rtasidagi yarim final o‘yinida ishlagan, shuningdek, 2011-yilgi mavsum yakunida Chempionlar ligasining final o‘yinini boshqarib borgandi.
Izoh (0)