Development Cup—2017 turnirida ishtirok etayotgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi birinchi o‘yinda Makedoniyaga qarshi maydonga tushib, 2:1 hisobida zafar quchdi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar berdi.
18-aprel kuni bo‘lib o‘tgan o‘yinda o‘zbekistonliklar qanday tarkibda harakat qilgani va gollar kim tomonidan urilgani borasida ma’lumotlar yo‘q.
Aprelning 23-sanasiga qadar davom etadigan musobaqada o‘zbekistonlik futbolchilar Kipr hamda mezbon Armaniston termasiga qarshi o‘yinlarda ham maydonga tushadi. Dilshod Nuraliyev shogirdlarining aynan qaysi kunda kimga qarshi o‘ynashi ma’lum emas.
Shu yilning 16-sentabr kuni Osiyo chempionatining saralash raundi start oladi. Development Cup O‘zbekiston o‘smirlariga shu musobaqa uchun tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi.
Izoh (0)